Huawei 1
Dunyodagi eng qimmat uylar: hashamatli ko'chmas mulk reytingi

Dunyodagi eng qimmat ko‘chmas mulk bozori – Monako. Undan keyingi o‘rinlarda Nyu-York va Gonkong joylashgan. Bundan tashqari, Fransiyaning olti shahri ham Top-20 ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda 2024 yil dekabr holatiga ko‘ra VisualCapitalist jamoasi taqdim etgan jadvalda keltirilgan.

Reyting 100-200 kvadrat metr maydonga ega hashamatli xonadonlar uchun o‘rtacha narx (1 kvadrat metr uchun) asosida tuzilgan bo‘lib, ma’lumotlar New World Wealth va Henley & Partners tomonidan taqdim etilgan.Hashamatli ko‘chmas mulklar odatda dunyodagi hamma borishni orzu qiladigan joylarda – hayot tarzi, sarmoya yoki obro‘ uchun xarid qilinadi. Bunday xonadonlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega:

  • Yuqori qiymat – mashhur shaharlarda yoki eksklyuziv kurort hududlarida joylashgan, 1 kvadrat metr uchun narxlar juda yuqori;
  • Hashamatga yo‘naltirilgan – qulaylik, dizayn va yakuniy ishlovlar eng yuqori sifatda bo‘ladi;
  • Strategik joylashuv – barqaror, global aloqalarga ega va yuqori hayot sifatini taklif qiluvchi hududlar;
  • Sarmoyaviy qiymat – ko‘pincha doimiy yashash huquqi yoki fuqarolik olish imkonini beruvchi investitsiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu barcha mezonlarga ko‘ra reytingning birinchi o‘rnini egallagan davlat – Monako. Fransiya sohillaridagi bu mitti davlat dunyoning eng badavlat kishilarini past soliqlar, eksklyuziv hayot tarzi va rivojlangan moliyaviy sektori bilan o‘ziga jalb qiladi. Hududning torligi va talabning nihoyatda yuqoriligi Monakoni hali-hanuz kvadrat metr narxlari bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylantirib turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62418 | Инструменты