Huawei 1
Dunyodagi eng xavfli shaharlar nomi e'lon qilindi

Meksikadagi Kolima shahri 2022-yil yakunlari bo'yicha dunyodagi eng xavfli shahar deb tan olindi. Bu haqda Meksikaning “Jamoat xavfsizligi va jinoiy sudlov bo’yicha fuqarolik kengashi” nodavlat tashkiloti o’z reyting natijalariga tayanib ma’lum qildi.

Unga ko’ra, o’tgan yili Kolimada qotillik darajasi har 100 ming aholiga 182 tani tashkil etgan.

“Bu biz 300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan dunyodagi eng xavfli 50 ta shaharni qamrab olgan tadqiqot ishlarini olib borishni boshlagan 2009-yildan beri uchinchi eng yuqori ko’rsatkichdir. Umumiy  rekord Meksikaning Syudad-Xuares shahriga tegishli bo’lgan. U yerda 2010-yilda har 100 ming aholiga 229 qotillik to’g’ri kelgan”, — deya ta’kidladi ro’yxat ekspertlari.

Reyting tuzuvchilarining ma’lumotlariga ko’ra, dunyodagi eng xavfli 50 ta shahardan 17 tasi Meksikada, 10 tasi esa Braziliyada joylashgan. Yevropa va Osiyoning yirik shaharlari ro’yxatga kiritilmagan.

Qayd etilishicha, eng og’ir jinoiy vaziyatlar Meksikaning Guanaxuato, Mexiko, Michoakan, Quyi Kaliforniya, Xalisko va Chiuaua shtatlarida sodir etilgan. Jumladan, Guanaxuatoda o’tgan yili jinoyatchilar qo’lidan o’lganlar soni 3200 nafardan oshgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan yili Meksikada qotilliklar soni yillik hisobda 7,1 foizga, ya’ni 33 350 tadan 30 968 taga kamaygan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 2023-yilda tashrif uchun eng xavfli davlatlar ro'yxati e’lon qilingan edi. Unda Ukraina 3-o'rindan joy olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20517 | Инструменты