2023-yilda tashrif uchun eng xavfli davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ukraina 3-o'rinda
Tibbiyot va xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis “International SOS” tashkiloti 2023-yilda sayohat uchun dunyodagi eng xavfli davlatlar reytingini tuzib chiqdi. Unda Afg‘oniston peshqadam bo‘lib turibdi.
“Xatarlar xaritasi-2023” hisobotiga ko‘ra, tashkilot Suriyani tashrif uchun ikkinchi eng xavfli joy deb topgan. Undan keyingi pog‘onalarda esa Ukraina, Mali va Iroq qayd etilgan.
2023-yilgi ro‘yxatda eng sezilarli kontrast Ukraina va Mali bo‘ldi. Qolgan davlatlar 2022 va 2021-yilgi ro‘yxatlarda ham mavjud edi. Xavfsizlik darajasi “favqulodda” deb tasniflangan boshqa davlatlar qatoriga Markaziy Afrika Respublikasi, Yaman, Somali va Janubiy Sudan, shuningdek, Nigeriyaning bir qismi, Kongo demokratik Respublikasi, Pokiston, Mozambik va Isroil kiradi.
“International SOS” o‘zining yillik xatarlar reytingi hisobotida Ukrainadagi mojaro va so‘nggi paytlarda Yevropada yashash narxi inqirozi tufayli ijtimoiy norozilik kuchayganiga qaramay, Yevropada xavfsizlik “barqaror” qolayotganini ta’kidladi. Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlarda xatarlar darajasi ancha past ekanligi qayd etilgan.
Shimoliy Afrikaning Sahel mintaqasida ham jangarilar xavfi va jinoyatchilikning ortishi saqlanib qolmoqda. Pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri tufayli Kolumbiya ham ro‘yxatga qisman qo‘shildi.
Ro‘yxatning qarama-qarshi tomoni — eng xavfsiz davlatlar qismidan Norvegiya, Finlyandiya, Shveysariya, Daniya va Islandiya kabi davlatlar o‘rin olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50909 | Инструменты