Huawei 1
Erdo‘g‘an: Turkiya G‘arbdan uzoqlashmoqda degan bayonotlar butunlay tuhmat

Turkiya tashqi siyosati uchun tez-tez tanqid qilinadi, lekin Turkiya G‘arbdan uzoqlashmoqda, degan da’volar butunlay tuhmat ekanini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqaradagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

Turkiya rahbarining fikricha, Turkiyani tashqi siyosati uchun tanqid qilganlar global jarayonlardan hech narsani tushunmaydi.

“Biz Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi barcha tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz va Turkiya barcha davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor”, dedi Erdo‘g‘an.

Prezident Turkiyaning mintaqaviy va global kuch sifatidagi mavqeyini mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanilayotganini qo‘shimcha qildi.

“Biz yuzimizni G‘arbga qaratganmiz, lekin bu Sharq bilan aloqalarni rivojlantirmaymiz, degani emas”, dedi Turkiya prezidenti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты