Erdog'an Qora dengizda tijorat kemalariga qilingan hujumlarni qoraladi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an Qora dengizdagi tijorat kemalariga qilingan hujumlarni mamlakatning shimoliy qirg'og'ida Rossiyaning "soya floti" tankerlari bombardimon qilinganidan so'ng qabul qilib bo'lmaydigan holat deb atadi. "Biz bu hujumlarni hech qanday holatda oqlay olmaymiz. Biz barcha tegishli tomonlarga bunday hodisalar bo'yicha zarur ogohlantirishlarni beramiz", dedi Erdog'an dushanba, 1-dekabr kuni jurnalistlarga.

Turkiya Prezidentining so'zlariga ko'ra, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush Qora dengizdagi yuk tashish xavfsizligiga tahdid sola boshlagan. "Juma kuni bizning eksklyuziv iqtisodiy zonamizdagi kemalarni nishonga olish xavotirli eskalatsiyani ko'rsatadi", deb ta'kidladi siyosatchi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ilgari neft tankerlariga qilingan hujumlar yuzasidan xavotir bildirgan edi. Tashqi ishlar vazirligi vakili Onju Kechelining so'zlariga ko'ra, Anqara Qora dengizda "urush tarqalishining oldini olish" va mintaqadagi "mamlakatning iqtisodiy manfaatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmaslik" uchun "tegishli tomonlar bilan aloqada bo'lib turibdi". Hujumlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan Ukraina bayonotda to'g'ridan-to'g'ri qoralanmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120214 | Инструменты