Eron Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarini bostirgani uchun 11 amerikalikka qarshi sanksiyalar joriy qildi

Eron amerikalik politsiyachilarga AQSh universitetlarida Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlarini bostirishda ishtirok etgani uchun sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Telegram-kanalida eʼlon qilingan xabarda aytiladi.

Eron rasmiylari “G‘azodagi sionistik rejim jinoyatlari oldida mazlum Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlagan AQShdagi universitet talabalari va professorlarining tinch namoyishini bostirish orqali inson huquqlarini poymol qilishda” ishtirok etgan 11 nafar amaldor nomini tilga oldi. Ro‘yxatga Kolumbiya Metropolitan okrugi politsiyasi boshliqlari Pamela Smit va Nyu-Xeyven (Konnektikut) politsiya boshliqlari Karl Jeykobson kiritilgan. 

Barcha aloqador shaxslarning Eron hududiga kirishlari taqiqlanadi, agar ular Islom Respublikasi yurisdiksiyasida bo'lsa, ularning hisoblari va aktivlari muzlatiladi.

Isroilning G'azo sektoridagi harbiy amaliyoti fonida Amerika universitetlarida Falastinni qo'llab-quvvatlovchi namoyishlar o'tkazilmoqda. Namoyishchilar 80 dan ortiq kollej kampuslarida lagerlar qurdilar va 1300 dan ortiq odam hibsga olindi. Namoyishchilarning asosiy talabi Isroilga moliyaviy yordamni to‘xtatish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70701 | Инструменты