Huawei 1
Eron Fattoh nomli yangi gipertovushli raketasini namoyish edi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Aerokosmik kuchlari yangi gipertovushli Fattoh (“G‘olib”) raketasini taqdim etdi. Uning uchish masofasi 1,4 ming kilometrni tashkil etadi. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar bermoqda.

Raketaning taqdimoti marosimi Tehronda bo‘lib o'tdi. Tadbirda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, IIQK qo‘mondoni general-mayor Husayn Salamiy va IIQK Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni brigada generali Amir Ali Hojizoda ishtirok etdi.

Hojizodaning qayd etishicha, "Fattoh" raketasining tezligi 13-15 Machga yetadi va bu 15925-18375 km/soatga teng.

Uning so'zlariga ko'ra, raketa yuqori aniqlik va yaxshi manevr qobiliyati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, "Fattoh" raketasi dushmanning unga qarshi mudofaasini yengib o'tishga va Yer atmosferasi hamda undan tashqarida manevr qilishga ham qodir.

Shuningdek, Hojizoda Erondan tashqari faqat AQSh, Xitoy va Rossiya gipertovushli raketalarni ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.

Eslatib o’tamiz, 2022-yilning noyabr oyida IIQK Aerokosmik kuchlari qo‘mondoni birinchi marta gipertovushli ballistik raketa yaratilishini e’lon qilgan edi. O’tgan hafta u raketa sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanganini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81500 | Инструменты