Eronning ikki pog‘onali Simorgh tashuvchi raketasi 6 dekabr kuni mamlakat Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun yaratilgan Fakhr-1 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi, deb xabar beradi Tasnim agentligi.
Qayd etilishicha, tashuvchi raketa imom Xominaiy nomidagi kosmodromdan uchirilgan. Fakhr-1 orbitaga tezlikni oshirishga xizmat qiladigan Saman-1 bloki yordamida olib chiqilgan bo‘lib, uning vazifasi sun’iy yo‘ldoshlarni yuqori orbitaga chiqarishdan iborat.
Ta’kidlanishicha, harbiy sun’iy yo‘ldoshning aksariyat ehtiyot qismlari Eron kompaniyalari tomonidan loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan.
Uchirish vaqtida, shuningdek, Eron kosmik sanoati uchun foydali yuk bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilgan — ushbu ko‘rsatkich 300 kilogrammni tashkil etgan.
Eron o‘zining kosmik dasturini 2004 yilda ishga tushirgan. U 1959 yilda BMTning Kosmik makondan tinchlik maqsadlarida foydalanish qo‘mitasini tuzishda ishtirok etgan 24 ta davlatdan biri hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12211 | Инструменты