Huawei 1
Eronda dori ishlab chiqaruvchi kompaniyaning xatosi tufayli 70 nafar bemor vafot etdi

Eronda gemodializ eritmasiga tushib qolgan alyuminiy tuzlari tufayli 70 nafar bemor halok bo'ldi. Bu haqda mamlakat parlamentining sog'liqni saqlash komissiyasi matbuot kotibi Salmon Esxagi xabar qildi.

"Avvaliga Mashhad va Isfaxon shaharlarida 10-12 nafar bemor komaga tushib qolib, keyin o‘ziga kelmay vafot etdi. Keyinchalik qurbonlar soni 50 kishiga ko‘paydi. Bugunga kelib gemodializ eritmasidagi alyuminiy tuzlari tufayli halok bo‘lganlar soni 70 nafarga yetdi", — dedi u.

Matbuot kotibining so'zlariga ko'ra, tergov davomida bu holat dori ishlab chiqaruvchi kompaniyaning xatosi tufayli ro'y berganligi aniqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты