Huawei 1
Eronda hijobsiz qo‘shiq aytgan xonanda Parastu Ahmadiy hibsga olindi

Eronda hijobsiz jonli efirda qo‘shiq aytgan mashhur xonanda Parastu Ahmadiy qamoqqa olindi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ahmadiyning YouTube’dagi kanalida efirga uzatilgan chiqishi 1,6 million marta ko‘rilgan. 27 yoshli xonanda eronlik axloq posbonlar o‘lchoviga ko‘ra, beo‘xshov kiyingan, yelka va qo‘llari ochiq, bosh kiyimsiz, to‘rt nafar erkak musiqachi hamrohligida kamera oldida paydo bo‘lgan.

Ahmadiyning manfaatlarini himoya qiluvchi advokatga ko‘ra, xonanda 14-dekabr kuni Eron shimolidagi Mozandaron viloyati Sari shahrida qo‘lga olingan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdagi chiqishidan ikki kun o‘tib ushlangan. Jinoyat ishi 13-dekabr kuni qo‘zg‘atilib, xonandaning uyida tintuv o‘tkazilgan.

Afsuski, biz Ahmadiy xonimga qanday ayblovlar qo‘yilganini bilmaymiz. Shuningdek, uni kim ushlagani va qamoqqa olinganidan keyin qayerdaligi ham noma’lum. Yuridik kanallar orqali surishtiramiz, degan advokat.

Eron muxolifati bilan aloqador Iran International sayti 15-dekabr kuni ertalab Parastu Ahmadiy qamoqdan ozod etilgani haqida xabar berdi, biroq rasmiy Tehron bu ma’lumotni tasdiqlamadi. YouTube’da efirga chiqishdan oldin Ahmadiy ijtimoiy tarmoqlarda shunday yozdi: 

Ismim Parastu, sevgan kishilarim uchun qo‘shiq aytmoqchiman. Doimo esda tutishim kerak bo‘lgan huquqim bor — aziz vatanim uchun kuylash, degan u.

Ta’kidlanishicha, Tehronda xonanda guruhidan bo‘lgan ikki nafar musiqachi ham hibsga olingan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121616 | Инструменты