Huawei 1
Financial Times: Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda

O‘tgan mart oyida havo harorati anomal darajada yuqori bo‘lgani Arktika muzliklari maydonining so‘nggi 47 yil ichida rekord darajada qisqarishiga olib keldi. Bu haqda Copernicus iqlim o‘zgarishini kuzatish xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil martda Arktika muzliklari maydoni 14,5 million kilometr kvadratni tashkil etgan — bu 1991-2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 6 foizga kam.

Financial Times’ning yozishicha, bunday vaziyat turli davlatlar uchun «geosiyosiy poyga» imkoniyatini yuzaga keltiradi. Arktika mintaqasining katta qismi taxminan o‘n yildan keyin muzliklardan xoli hududga aylanishi kutilmoqda. Vudro Vilson markazining Qutb tadqiqotlari institutining sobiq direktori Rebekka Pinkusning gazetaga ma’lum qilishicha, mintaqada harbiy va savdo kemalarining faolligi keskin oshgan.

«Navigatsiya mavsumi, ya’ni kemalar o‘tishi mumkin bo‘lgan davr uzaymoqda», — deydi u. Ayniqsa, Oxota va Barens dengizlari hududlari muzdan sezilarli darajada xalos bo‘lyapti. Bundan tashqari, Copernicus dasturi rahbarining o‘rinbosari Samanta Berjyessning so‘zlariga ko‘ra, Kanada Arktikasi, shuningdek, Grenlandiyaning g‘arbiy va sharqiy sohillari mart oyida «o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha yuqori haroratlarni» boshdan kechirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41721 | Инструменты