Huawei 1
Fors ko‘rfazi davlatlari «arab shengeni» joriy qiladi

Fors ko‘rfazi davlatlari uchun yagona sayyohlik vizasi rasman tasdiqlanadi va yaqin orada joriy etiladi. Bu haqda BAA Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Tuk Al-Marriy ma’lum qildi, deb yozdi Khaleej Times.

Yevropaning Shengen vizasiga monand umumiy viza chet ellik sayyohlarga 6 ta davlat: BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Ummon va Kuvaytga bitta hujjat bilan kirish imkonini beradi. Bu yangilik, mutaxassislarning fikricha, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan mintaqa turizm sanoati uchun muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Yagona vizaning joriy etilishi bilan qo‘shmaqsadli – ishbilarmonlik va dam olish uchun mo‘ljallangan sayohatlarning ommabopligi oshishi kutilmoqda. Sayyohlar nafaqat biznes masalalarini hal qilishi, balki qo‘shni davlatlarni ham kashf etishi mumkin, bu esa sayohatlarni yanada qizg‘in va qiziqarli qiladi.

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi statistika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda mintaqaga 68,1 million sayyoh kirgan va turizmdan rekord darajadagi 110,4 milliard AQSh dollari miqdorida daromad olingan, bu 2019 yilgi pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichdan 42,8 foizga ko‘p.

Mintaqaning yetakchi sayyohlik markazi bo‘lgan Dubay 2025 yil birinchi to‘rt oyida 7,15 million sayyohni qabul qildi, bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 7 foizga ko‘p.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72306 | Инструменты