Mahalliy falastinlik askar 9-iyun kuni G‘azo gumanitar jamg‘armasi punktlaridan birida aholini o‘qqa tutgani aytilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Guvohlarning bildirishicha, birinchi marta falastinlik qurollanganlar tomonidan gumanitar jamg‘arma obyekti yaqinida aholi o‘qqa tutilgan. Shuningdek, Isroil qo‘shinlari bunga javoban o‘q uzganlarga hujum qilgani aytilgan.
G‘azoning HAMAS tomonidan boshqariladigan Sog‘liqni saqlash vazirligi yordam yig‘ish uchun mo‘ljallangan hududlarda 6 kishi halok bo‘lgani va 99 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.
So‘nggi marta, 7-iyun kuni g‘azoliklar Isroil harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgani va oqibatda 6 kishi halok bo‘lib, yana bir necha kishi jarohatlangani aytilgandi. O‘tgan haftaning o‘zida yordam punktlarida o‘nlab falastinliklar halok bo‘lib, yuzlab odamlar yaralangandi. AQSH va Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan G‘azo gumanitar jamg‘armasi ko‘p sonli olomon bilan ishlash va xavfsizlikni yanada yaxshilash uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgani bildirilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82809 | Инструменты