Huawei 1
G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi - Reuters

Kanada hozirda mezbonlik qilayotgan G7 sammitidan so‘ng Ukrainadagi urush bo‘yicha «kuchli» qo‘shma bayonot chiqarish rejasidan voz kechdi. Bunga AQShning qarshilik ko‘rsatishi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters agentligi 18 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi Kanada hukumatidagi manbalarga tayanib.

CBC News yozishicha, Vashingtonga Rossiyaga nisbatan rejalashtirilgan kommyunikedagi ayrim iboralar yoqmagan: Oq uy ular Rossiya bilan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha keyingi muzokaralarga to‘sqinlik qilishidan xavotirda. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, sammitga raislik qilayotgan Kanada bosh vaziri Mark Karni o‘z bayonotida uning bir qismini ishlatishni rejalashtirgan.

G7 davlatlari Ukraina bo‘yicha yakuniy bayonot o‘rniga, xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyat, sun’iy intellekt, migratsiya va muhim mineral resurslar bo‘yicha yana bir qancha qo‘shma bayonotlar e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62008 | Инструменты