Huawei 1
G7 Yaqin Sharqdagi mojaroga barham berish uchun Falastinni tan olishga chaqiradi

Hozirgi Falastin-Isroil mojarosi Falastinning tan olinishi bilan ikki davlatning tinch-totuv yashashi asosida yakunlanishi kerak. Bu haqda “Yettilik” guruhining tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma bayonotida aytiladi.

“Biz ikki demokratik davlat – Isroil va Falastin xalqaro huquq va BMTning tegishli rezolyutsiyalariga muvofiq tinch va xavfsiz hamda tan olingan chegaralarda birga yashayotgan ikki davlat qarashlariga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, — deyiladi hujjatda.

G7 davlatlari, shuningdek, “G‘azo sektorini Falastin ma’muriyati nazorati ostidagi G‘arbiy sohil (Iordan daryosi) bilan birlashtirish” tarafdori.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты