Huawei 1
Germaniya quruqlikdagi chegaralari ayrim qismlarida pasport nazoratini uzaytiradi

Germaniya hukumati Polsha, Chexiya, Avstriya va Shveytsariya bilan quruqlikdagi chegaralarda pasport nazoratini 2024 yil dekabridan keyin uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Maksimilian Kal 6 sentabr, juma kuni Berlindagi DW muxbirining savoliga javoban aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer allaqachon, jumladan, yaqinda Gyorlits shahridagi Polsha-Germaniya chegarasiga tashrifi chog‘ida Germaniyaning tashqi chegaralarida nazoratni saqlab qolish zarurligini aniq aytgan. 

Ichki ishlar vazirligi vakiliga ko‘ra, Germaniya politsiyasi noqonuniy migratsiya oldini olishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, 2023 yil oktyabr oyidan buyon Germaniyaning tashqi chegaralarida noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga sheriklikda gumon qilingan 1350 ga yaqin shaxs qo‘lga olindi. 

"Umumiy Yevropa boshpana taqdim etishga asoslanadigan sezilarli darajada mustahkamlangan umumiy Yevropa tashqi chegarani himoya qilish tizimi joriy etilmaguncha, bu chegara nazorati zarur bo‘lib qolishi mumkin", dedi Ichki ishlar vazirligi vakili.

Biroq u Shengen kelishuvida ishtirok etuvchi boshqa davlatlar (Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Daniya) bilan chegaralarda pasport nazorati joriy qilinadimi, degan savolga javob bermadi. Ichki ishlar vazirligi mavjud vaziyatga qarab qaror qabul qiladi, deya qo‘shimcha qildi Maksimilian Kal.

Germaniya barcha quruqlikdagi chegaralarini nazorat qilish Yevropa chempionati paytida joriy etilgan

Germaniya futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilgan 7 iyundan 19 iyulga qadar uning chegaralarining butun perimetri bo‘ylab pasport nazorati joriy qilingan edi. O‘shanda turnirning dastlabki ikki haftasida chegarada qidiruvda bo‘lgan 600 ga yaqin shaxs, shuningdek, o‘nlab futbol bezorilari va noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq bo‘lgan bir yuz ellik kishi qo‘lga olingan.

Iyul oyi o‘rtalarida Germaniya Ichki ishlar vazirligi vakili Kornelius Funke Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya bilan chegaralarda chegara nazorati bekor qilinishini, biroq Polsha, Chexiya, Shveytsariya va Avstriya bilan saqlanib qolishini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91620 | Инструменты