Germaniyada jazirama oqibatida 10 mingga yaqin odam vafot etdi

Germaniya Federal atrof-muhit va iqlimni muhofaza qilish vazirligi davlat kotibi Yoxen Flasbart mamlakatda ekstremal issiqqa qarshi milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi.

Uning ta’kidlashicha, kelasi yoz boshlangunga qadar Germaniyaning barcha federal yerlarida ishlab chiqilgan jaziramaga qarshi choralarni yagona milliy rejaga birlashtirish zarur. Flasbart iqlim o‘zgarishiga moslashish butun jamiyat uchun muhim vazifa ekanini va bu yo‘nalishdagi ishlar yetarlicha tez sur’atlarda amalga oshmayotganini qayd etdi.

Shu bilan birga, u Germaniya kasalxonalarida konditsionerlar yetishmasligi masalasida Federal hisob palatasini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Atrof-muhit vazirligi ijtimoiy muassasalarni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish dasturini amalga oshirishga harakat qilmoqda, biroq nazorat organi bu ishlar vazirlik vakolatidan tashqari deb hisoblamoqda.

Flasbart, shuningdek, ushbu muammoni hal etish maqsadida Germaniya asosiy qonuniga tegishli o‘zgartishlar kiritish rejalashtirilayotganini ham ma’lum qildi.

Robert Kox instituti baholashicha, 2026 yil iyul oyi o‘rtasiga qadar mamlakatda ekstremal issiq oqibatida taxminan 10 ming kishi vafot etgan. Bu ko‘rsatkich 2016 yildan buyon qayd etilgan yillik eng yuqori daraja hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80314 | Инструменты