Falastinning HAMAS harakati va Isroil oʻrtasida kutilayotgan sulh bitimi tafsilotlari yaqin soatlarda Qatar rasmiylari tomonidan eʼlon qilinadi. Bu haqda "Al-Jazira" telekanaliga HAMAS siyosiy byurosi a'zosi Izzat al-Reshik ma'lum qildi.
"Bundan buyon bu Qatarga bog'liq. Ular Isroil bilan kutilayotgan sulh bitimini e'lon qiladi. Kelishuv tafsilotlari yaqin soatlarda ma'lum qilinadi" dedi HAMAS siyosiy byurosi a'zosi.
Qayd etilishicha, kelishuv yordam kelishi hamda har ikki tarafdagi ayollar va bolalarni ozod qilish evaziga otashkesimga chaqiradi.
Avvalroq HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya Falastin harakati Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga “yaqin” ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS bu masalada vositachi bo‘lgan Qatarga o‘z javobini yuborgan.