Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga boradi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Ukrainaga tashrif buyurishini Hindiston tashqi ishlar vazirligi 19-avgust, dushanba kuni tasdiqladi, deb yozadi Reuters.

Safar tafsilotlari keyinroq eʼlon qilinadi, dedi TIV.

Bu Modining Ukrainaga Rossiyaning keng ko'lamli bosqini boshlanganidan beri birinchi tashrifi bo'ladi. Hindiston matbuotiga ko‘ra, Modi shu oyda Kiyevga tashrif buyuradi. 

14 avgust kuni The Economic Times gazetasi Hindiston bosh vaziri Modi 21-23 avgust kunlari Polsha va Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini yozdi. U Varshavaga tashrifi ortidan Kiyevga keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40223 | Инструменты