Huawei 1
“Hizbulloh” yetakchisi Isroilga urush boshlash bilan tahdid qildi

Isroil va Livandagi Hizbulloh harakati oʻrtasida keng koʻlamli urush boshlangan taqdirda, Isroil hududida raketa hujumlarining oldini olish mumkin boʻlgan xavfsiz joylar boʻlmaydi. Bu haqda Livanning “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

“Dushman biladiki, biz eng yomonga tayyorlanayotgan edik va raketalarimizni hech qanday joyda chetlab bo‘lmaydi”, — dedi Nasrulloh.

Harakat rahbarining soʻzlariga koʻra, Isroil “bunday keng koʻlamli janglar oldida “Hizbulloh”ning “yerda, havoda va dengizda” hujumlarini kutishi kerakligini biladi.

Hizbulloh rahbari, shuningdek, Kiprni qurolli qarshilik bilan tahdid qilib, mamlakatni Livanga hujumlar uyushtirish uchun Isroilni aeroport va bazalar bilan ta'minlaganlikda aybladi.

Nasrulloh, uning harakati keng ko‘lamli harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda “qoidalarsiz” va “cheklovlarsiz” kurash olib borishiga ishontirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты