Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan keksa ayol reysdan olindi, deb yozadi Daily Mail. Hodisa Jakartadagi Sukarno-Xatta aeroportida yuz berdi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchi sumkasida bomba borligini aytib, hazillashgan. Shundan so‘ng, keksa ayol Batik Air aviakompaniyasi samolyotidan zudlik bilan tushurib qoldirilgan.
Voqea joyidagi kadrlarda ayol xotirjamlik bilan o‘z buyumlarini to‘playotgani va aviatsiya xavfsizligi xodimlari kuzatuvi ostida bortni tark etayotgani tasvirlangan. U hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan va xodimlarning ko‘rsatmalariga bo‘ysungan. Boshqa yo‘lovchilar esa qoidabuzar fuqaro evakuatsiya qilinayotganida o‘z joyida qolgan.
Ma’lum qilinishicha, ekipaj stantart protokol bo‘yicha ish ko‘rgan — uchuvchilar sodir bo‘lgan holatdan xabardor qilingan, xavfsizlik xizmati esa tekshiruvni amalga oshirgan. Yo‘lovchining yonidan xavfli buyumlar topilmagan, ammo u baribir reysdan olingan.
Samolyot parvozi ikki soatga kechikkan. Batik Air vakili ayol «tahdid tug‘diradigan bayonoti» uchun aviakompaniyaning «qora ro‘yxati»ga kiritilganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42420 | Инструменты