Huawei 1
Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Rossiyaga keltirildi

Qotillikda gumonlanib Interpol qidiruviga berilgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Rossiya Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi va Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmati xodimlari hamrohligida Salvador Respublikasidan ekstraditsiya qilindi. U qotillikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi”, deydi u.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Sankt-Peterburgda janjal paytida hujumchi jabrlanuvchining ko‘kragiga o‘tkir buyum bilan pichoq urgan. Erkak olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. 

Tergov organlari Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlab jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ayblanuvchi chet elga qochishga muvaffaq bo‘lgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi taqdim etgan materiallar asosida gumonlanuvchiga nisbatan xalqaro qidiruv ishlari tashkil etilgan. 

“Interpol kanallaridan foydalanish tufayli qidiruvdagi shaxs Salvadorda joylashgani, u 2023 yilning may oyida qo‘lga olinganini aniqlash mumkin bo‘ldi”, deydi Volk.

Rossiya Bosh prokuraturasining sudlanuvchini ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovi xorijlik hamkorlar tomonidan qondirilgan. San-Salvador shahri aeroportida ayblanuvchi Moskvaga yetkazish uchun Rossiya huquq-tartibot idoralari vakillariga topshirilgan. 

“Ekstraditsiya Rossiya Federatsiyasi va Salvador Respublikasi vakolatli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik tarixida birinchi bo‘ldi”, deydi Volk.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81904 | Инструменты