Huawei 1
Isroil Eron havo hujumidan mudofaa tizimlariga hujum uyushtirilishini eʼlon qildi

Isroil harbiylari mamlakat g‘arbida Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlariga yirik hujum uyushtirilishini e’lon qildi.

Harbiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab radarlar va «yer-havo» raketalarini uchirish moslamalari yo‘q qilingan.

BBC nashri havo hujumidan mudofaa tizimlariga berilgan zarbalar Isroilning yaqin kunlarda keyingi hujumlar uchun zamin tayyorlayotganidan darak berishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Isroil 13 iyun, jumaga o‘tar kechasi Eronning yadroviy obektlariga zarbalar berdi. Bunga javoban Eron Isroil tomon 100 ta uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61414 | Инструменты