Huawei 1
Isroilda Bosh vazir Netanyaxuga suiqasd uyushtirildi

Isroil razvedka xizmatlari mamlakatning yuqori martabali amaldorlariga suiqasd uyushtirish uchun yollangan Eron agentini hibsga oldi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, mudofaa vaziri Yoav Galant va Shin Bet xavfsizlik agentligi rahbari Ronen Barga suiqasd qilishmoqchi bo‘lgan. Eron operatsiya uchun Turkiyada yashovchi isroillik tadbirkordan foydalanmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

Aprel oyida Turkiya fuqarolari Andrey Aslan va Guneid Aslan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun isroillik tadbirkor bilan bog‘langan. Ular uni Turkiyaning Samandag shahriga eronlikning ikki vakili bilan uchrashish uchun taklif qilgan. Uchrashuv may oyida bo‘lib o‘tgan.

Isroillik tadbirkor har qanday faoliyatni amalga oshirishdan oldin dastlab bir million dollar talab qilgan.

Keyinchalik isroillik tadbirkor fitnani amalga oshirish, moliyaviy, logistika va qurol-yarog‘ bilan bog‘liq harakatlarni boshlash, shu jumladan, “Mossad” agentini ikki tomonlama agentga aylantirish uchun 5000 yevro olgan. Shuningdek, tadbirkordan Eron ko‘rsatmalariga mos kelmaydigan missiyalarni bajarishdan bosh tortgan Isroil fuqarolariga tahdidlar qilish so‘ralgan, deyiladi xabarda.

Isroillik tadbirkor mazkur harakatlarni amalga oshirgani yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan, unga nisbatan 19-sentyabrda ayblov e’lon qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты