Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastindagi inson huquqlari bo'yicha maxsus ma'ruzachisi Francheska Albaneze Isroil Falastinga nisbatan xalqaro qonunlarni buzishni to'xtatmaguncha, uning BMT a'zoligini to'xtatib turishga chaqirdi.
Kundalik brifingda Albaneze o'zining "Bosqin ostidagi Falastin hududlarida, jumladan, Sharqiy Quddusda inson huquqlarining holati" sarlavhali hisobotiga izoh berdi.
Uning ta'kidlashicha, Isroil va isroillik ko'chmanchilar tomonidan bosib olingan Falastin hududlarida qo'llanilayotgan zo'ravonlik G'azo sektoridan tashqarida ham davom etmoqda va G'arbiy Sohilda, jumladan, Sharqiy Quddusda etnik tozalash va irqchilik tendensiyalarining kuchayishiga hissa qo'shmoqda.
"Men Isroilning BMTga a'zoligini xalqaro huquqni buzishni to'xtatmaguncha va ishg'olni tugatmaguncha qayta ko'rib chiqishni yoki to'xtatib turishni tavsiya qilaman", dedi Albaneze.
U Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlari genotsid ekanligini va xalqaro huquqqa zid ekanligini taʼkidladi. Albanezening eslatishicha, bu qarorlarga ko'ra, Isroil o'z qurolli kuchlarini bosib olingan Falastin hududlaridan so'zsiz olib chiqib ketish, aholi punktlarini yo'q qilish, tabiiy resurslardan foydalanishni to'xtatish va tovon to'lashi shart.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты