Isroilning Livanga bergan zarbasi natijasida Hizbulloh qo‘mondoni halok bo‘ldi

Livanning “Hizbulloh” harakati qo‘mondoni va yana bir kishi Livan janubida isroillik uchuvchisiz samolyotning avtomobilga bergan zarbasi natijasida halok bo‘ldi

“Isroil uchuvchisiz uchoqlari Livan janubidagi Tir shahridan janubi-sharqda joylashgan Al-Xosh hududida boshqariladigan raketalar bilan mashinaga hujum qildi, natijada mashina butunlay yonib ketdi”, - dedi manba.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Hizbulloh qo‘mondonidan tashqari Muhammad G‘assan Xashshab ismli shaxs ham halok bo'lgan. 

Manbaga ko‘ra, harakatning marhum qo‘mondoni Hizbullohdagi Aziz bo‘linmasini boshqargan.

Isroil mudofaa kuchlari (IDF) 18-iyun kuni Livanga hujum qilish uchun jangovar rejalarni ma’qullaganini e’lon qildi. Shundan so'ng, mamlakat tashqi ishlar vaziri Isroil Kats Hizbullohni yo'q qilish va keng ko'lamli urush bo'lsa, Livanga jiddiy zarar yetkazish bilan tahdid qildi va Isroil shimoliy jabhada qoidalarni o'zgartiradigan qaror qabul qilish vaqtiga yaqin ekanligini qo'shimcha qildi. O‘z navbatida, “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh 19-iyun kuni qarama-qarshilik yanada kuchaysa, harakat Isroil shimoliga bostirib kirishi mumkinligini aytdi.

Isroil-Livan chegarasidagi vaziyat 2023-yil oktabr oyida G‘azo sektorida Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan keyin yomonlashdi. Isroil armiyasi va Livan Hizbullohi jangarilari chegaradagi hududlarda har kuni bir-birlarining pozitsiyalariga o‘q uzmoqda. Livan Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Isroilning o'qqa tutishi tufayli Livan janubida 100 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur bo'lgan. Isroil tomoni xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan 80 mingga yaqin shimoliy Isroil aholisi haqida xabar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70703 | Инструменты