Huawei 2
Jahonda oziq-ovqat narxlari ko‘tarildi

Yetti oy davom etgan pasayishdan so‘ng jahonda oziq-oqat narxlari yana ko‘tarila boshladi. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yevropa, Rossiya va Amerikaning ba’zi hududlaridagi noqulay ob-havo sababli bug‘doy narxi ko‘tarilishni boshlagan. Bundan avvalgi uch oyda bug‘doy narxi pasaygan edi. O‘simlik yog‘ining narxi esa oxirgi 13 oy davomida eng yuqori darajaga yetgan. Aprel oyida bu narx 0,3 fozga oshgan.

Bundan tashqari, parrandalar grippi boshlangandan so‘ng, dunyoda go‘sht narxi qimmatlashishni boshladi. Aprel oyida shakar narxi 4,4 foizga pasaydi. Bu narx bir yil avvalgiga qaraganda 14,7 foizga kam ekanligi aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilda jahonda oziq-ovqat narxlari so‘nggi 10 yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga