Huawei 1
Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan chegarada lazerli qurollar o‘rnatadi

Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya bilan chegara hududida nazorat tizimini kuchaytirish uchun lazerli qurollar o‘rnatadi. Bu haqda Koreya yarimoroli manbalariga tayanib, Reuters nashri xabar berdi.

Lazerli qurollarni joylashtirishdan maqsad chegara zonasida Shimoliy Koreyaning uchuvchisiz qurilmalarini urib tushirish ekanligi aytilgan. Agar bu amalga oshsa, Janubiy Koreya lazerli hujum qurollarini harbiy sohaga tatbiq qilgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylanadi.

Mamlakat qurol-yarog‘ xaridlari agentligi 11-iyul kuni lazerli qurilmalar haqidagi xabarlarni tasdiqlagan. Janubiy Koreya o‘zining lazer dasturini “Yulduzli jangi loyihasi” deb atagan.

Janubiy Koreya harbiylari yangi dasturni amalga oshirish uchun Hanwha Aerospace kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mudofaa vazirligi loyiha uchun alohida byudjet paketi tashkil etgan. Lazerli qurollar o‘rnatilgach, ular vositasida havo qurilmalariga beriladigan har bir alohida zarba 2000 von (1,45 dollar)ga tushadi.

“Mamlakatimiz lazer qurollarini joylashtirgan va ishlatadigan dunyodagi birinchi davlatga aylanmoqda. Endilikda Shimoliy Koreyaning dron provokatsiyalariga qarshi harbiylarimizning javob berish imkoniyatlari yanada kuchaytiriladi”, deyiladi Seul rasmiylari xabarida.

Qurollar bo‘yicha mutaxassis aytishicha, yangi lazerli uskunalar 10-20 soniya davom etadigan to‘lqin zarbi orqali elektr va yoqilg‘i asosida ishlaydigan har qanday qurilmani yoqib yubora oladi.

AQSHning RAND korporatsiyasi notijorat-tahliliy markazi maʼlumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya, Xitoy va Buyuk Britaniya kabi davlatlar lazer qurollarini ishlab chiqish va joylashtirish uchun kurashmoqda. Dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlarida ham uchuvchisiz tizimlarning tarqalishiga qarshi turish, shuningdek, parvozdagi raketalarni yoki orbitadagi sunʼiy yo‘ldoshlarni nishonga olish uchun ushbu qurollarga katta qiziqish bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты