Huawei 1
Janubiy Koreyada gaz sizib chiqishini tutun deb o‘ylash oqibatida katta portlash sodir bo‘ldi

Janubiy Koreyada gaz sizib chiqishini tutun deb o‘ylash oqibatida katta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “KBS” teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Koreya politsiyasi yangi yilning ilk kunlarida fojiaga sabab bo‘lgan loqaydlikni tergov qilmoqda. Bu holat Pxyonchxandagi yonilg‘i quyish shoxobchasidan gaz sizib chiqishi sababli yuz bergan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, fojiaga AYOQSH operatorining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan.

Kuchli darajadagi portlash tufayli yaqin atrofdagi ikki kishi jiddiy kuygan, yana uch kishi yengil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Portlash to‘lqini 14 ta bino va bir nechta mashinaga zarar yetkazgan. Hududdan 25 ga yaqin aholi evakuatsiya qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60604 | Инструменты