Huawei 1
Janubiy Koreya milliy bog'idagi deyarli 1 mln gektar o'rmon yong'indan zarar ko'rdi

Janubiy Koreyaning Chirisan milliy bog’idagi yong’in 910 ming gektar o’rmonga zarar yetkazdi. Bu haqda mamlakat o’rmon xizmatiga tayanib, Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong’in boshlanganidan 21 soat o’tib o’chirilgan. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish vaqtida jarohatlangan o’t o’chiruvchilardan biri kasalxonaga yetkazilgan va u yerda vafot etgan.

O’rmon xizmati maʼlumotlariga ko’ra, yong’in Kyonsan-namdo provinsiyasining Xadon okrugida boshlangan, so’ngra qo’shni hududlarga o’tgan.

Hozirgi vaqtgacha 75 ga yaqin mahalliy aholi o’z uylarini tark etishga majbur bo’lgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Sirdaryoda 10 gektar yer maydoni yonib, 500 dan ortiq daraxtlar shikastlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80213 | Инструменты