Huawei 2
Kamalaklar aslida dumaloqmi?

Kamalaklarning shakli aslida to‘liq doiradir. Ammo biz uning yarmini ko‘ramiz, xolos. Chunki ular qisman yer va ufq tomonidan to‘sib qo‘yiladi. Uni butun dumaloq shaklida kuzatish uchun yuqoriga ko‘tarilish kerak. 

Odamlar yer sathida turgan vaqtida doiraning pastki qismini ko‘ra olmaydi. Negaki kamalakning ufq ostidagi qismi to‘silib qoladi. Agar quyosh ufqdan 42 darajadan yuqori bo‘lsa, yerdagi kuzatuvchilar uchun kamalakning biron bir qismini ko‘rish imkonsiz bo‘ladi. Biroq yomg‘irli yoki tumanli kunlarda samolyot yo‘lovchilari va uchuvchilar vaqti-vaqti bilan to‘liq dumaloq kamalaklarni ko‘radi. 

Kamalakning shakli haqidagi bunday nazariya odatiy suratdagi stereotipga ishonadiganlar uchun ishonchsiz ko‘rinadi. 

Ammo 2013-yilda fotograf Kolin Leonhardning Avstraliyadigi Kotteslo plyaji bo‘ylab uchgan vaqtda olgan surati ushbu shubhalarga yakun yasaydi. Bu fotosuratda  dumaloq qo‘sh kamalak tasvirini ko‘rish mumkin. Shuningdek, yumaloq kamalaklarni samolyotda uchib ketayotganda va baland tog‘ cho‘qqilariga chiqqanda ko‘rish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga