KXDR armiyasi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib, uning doirasida uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollar va raketa tizimlari bilan hujumlar amalga oshirildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kim Chen In rahbarligi ostida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida 600 millimetrli reaktiv zalp o‘t ochish tizimi va “Xvason-11ga” taktik ballistik raketasidan ham foydalanilgan.
«Shuningdek, barcha bo‘linmalarni yadroviy qarshi hujumga zudlik bilan shay holatga o‘tkazish tartibi va jarayonini mashq qilish, qo‘mondonlik tarkibi uchun qarshi hujum tizimlaridan foydalanish bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar tashkil etildi», — deyiladi xabarda.
KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlarini doimiy ravishda takomillashtirish zarurligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, u «taktik yadro qurollari tizimlarining jangovar ishonchliligini yana-da oshirish va ularni qo‘llash sohasini har tomonlama hamda doimiy ravishda kengaytirish» vazifasini qo‘ygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51000 | Инструменты