Huawei 2
Kongressmen: Agar Ukraina yutqazsa, AQSh aralashuviga to‘g‘ri keladi

AQSh Kongressi Vakillar Palatasida demokratik ozchiliklar yetakchisi Hakim Jeffrisning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Ukrainani qo'llab-quvvatlashda davom etishi kerak, jumladan, agar u mag'lub bo'lsa, mojaroga bevosita aralashishga majbur bo'ladi. 

“Biz Ukrainaning yutqazishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, chunki bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Amerika nafaqat bizning pulimiz, balki qo‘shinlarimiz bilan ham aralashishga majbur bo‘ladi”, - dedi Jeffris yakshanba kuni AQShning CBS telekanaliga bergan intervyusida

Jeffrisning so'zlariga ko'ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSRni qayta tiklashga intilmoqda. Ukraina ortidan Rossiya Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin shakllangan va hozir NATO tarkibiga kirgan boshqa davlatlarga tahdid soladi, deb hisoblaydi u. 

"Putin qoʻshni Gruziyaga bostirib kirishda toʻxtamadi; Qrimning qoʻlga olinishi ortidan Ukraina sharqiga intervensiya boʻldi. Shunday izchil tajovuzni hisobga olib, agar Vladimir Putinga Ukrainada muvaffaqiyat qozonishiga imkon bersak, u faqat Ukrainada toʻxtab qolishiga ishonishimiz kerakmi? Albatta yo'q", - deb ta'kidladi Jeffris.

AQSh Kongressining Vakillar palatasi va Senati Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan qonun loyihasini olti oydan ko‘proq vaqt davomida ma’qullay olmadi, chunki Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi demokratlar va tuzatishlar kiritishda turib olgan respublikachilar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Natijada yagona qonun loyihasi bir necha qismlarga bo‘linib, nihoyat aprel oyida qabul qilindi. Ukraina AQShdan 61 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini olishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga