Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmtiriy Peskov bugungi brifingda Kreml Ozarbayjon parlamenti deputati Rasim Musabekovning bayonotini ko‘rganini aytdi.
«Kreml Ozarbayjon deputatining Oqtauda halokatga uchragan samolyot Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgani haqidagi bayonotini ko‘rdi», – dedi Peskov.
Biroq u samolyot halokati sabablari haqida izoh berishdan bosh tortdi.
«Ushbu aviatsiya hodisasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda va tergovdan xulosa chiqarilgunga qadar biz o‘zimizni hech qanday baho berishga haqli deb hisoblamaymiz va bunday qilmaymiz. Bizning aviatsiya idoralarimiz bu borada tegishli xulosani beradi va yakuniy qarorni faqat ulardan olishimiz mumkin», – deydi Dmitriy Peskov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122814 | Инструменты