Kim Chen In yangi kamikadze-hujum dronlarini sinovdan o‘tkazishni shaxsan o‘zi nazorat qildi va ularni imkon qadar tezroq ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni buyurdi, deya xabar beradi KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi kamikadze hujumchi dronlarini sinovdan o‘tkazishni shaxsan o‘zi nazorat qilgan va bu qurollarni ommaviy ishlab chiqarishni imkon qadar tezroq boshlashni buyurgan. Bu haqda 15-noyabr, juma kuni davlatga qarashli Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.
“Kim imkon qadar tezroq seriyali ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish va to‘liq hajmdagi ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Shimoliy Koreya yetakchisining ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab harbiy dronlardan foydalanish bo‘yicha raqobat kuchaymoqda.
"Bunday obyektiv o'zgarishlar harbiy nazariya, amaliyot va ta'limning ko'plab bo'limlarini zudlik bilan yangilashni talab qiladi", - deya Kim Chen Inning so'zlaridan iqtibos keltirgan KCNA axborot agentligi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111618 | Инструменты