Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Litvada Germaniyaning 30 ta vertolyoti ishtirokida NATOning xalqaro harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi TASS.

Mashg‘ulotlarga zarba beruvchi (Tiger), o‘rta ko‘p maqsadli (NH90), og‘ir transport (CH-53), yengil ko‘p maqsadli (EC135) jami 30 ta vertolyot jalb etilgan.

Vertolyotlar kechasi va kunduzi eng past (150 metr) masofada parvoz qilish ko‘nikmasini oshirmoqda.

NATO harbiy o‘quvlari 23-maygacha davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21520 | Инструменты