Liviyada Qaddafiyning o‘g‘li o‘ldirildi

Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qaddafiyning o‘g‘illaridan biri Sayf al-Islom Qaddafiy o‘ldirib ketildi.

Siyosatchining atrofidagilar Sayf al-Islom Qaddafiy Tripolidan 160 km janubi-g‘arbda joylashgan az-Zintan shahridagi uyiga bostirib kirgan to‘rt nafar qurolli shaxs bilan «to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv» chog‘ida halok bo‘lganini aytishgan. Kichik Qaddafiyning maslahatchisi mahalliy televideniyega bergan intervyusida bosqinchilar kuzatuv kameralarini o‘chirib qo‘yishgani va Sayf al-Islomni o‘ldirishganini aytib bergan.

Bu maʼlumotni Liviya sobiq rahbari o‘g‘lining advokati Marsel Chekkaldi ham AFP nashriga tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha qotillik ortida kim turgani va hujum qilganlarning motivlari nimada bo‘lgani maʼlum emas, ammo advokatning so‘zlariga ko‘ra, bundan 10 kuncha muqaddam kichik Qazzofiyning yaqin safdoshlaridan biri unga «xavfsizlik bo‘yicha muammolar» haqida aytgandi.

Liviya nashrlariga ko‘ra, Qaddafiy o‘z uyi yonidagi bog‘da otib ketilgan.

Ayrim manbalar esa u ikki qurolli guruhning o‘zaro otishmasi chog‘ida halok bo‘lgani, bu guruhlardan biri Qaddafiyni qo‘lga olishga harakat qilgani haqida xabar tarqatgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20416 | Инструменты