Huawei 2
Lukashenko: Agar kimdir harbiy xizmatchiga qo’lini tekkizsa, u o’sha joyning o’zida  qo’lsiz qoladi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko uning iste'fosini talab qilib namoyish uchun ko’chalarga chiqayotganlarga qo’lini chopish bilan tahdid qildi.

Namoyishlar boshlanganidan buyon mamlakat xavfsizlik kuchlari 16,000 dan ziyod fuqaroni hibsga oldi.

"Agar kimdir harbiy xizmatchiga qo’lini tekkizsa, u o’sha joyning o’zida  qo’lsiz qoladi, men bu haqida allaqachon generallarni ham ogohlantirdim”, dedi Lukashenko  kuni kecha televizorda efirda qilgan murojaatida.

Juma kuni yuzlab odamlar bir nechta universitetlardan chetlatilgan talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun to'plandilar. Avvalroq Lukashenko namoyishlarda ishtirok etgan talabalar ham o’qishdan chetlatilishi haqida buyruq bergan edi.

Bir necha o'nlab ishchilar esa ish tashlashda ishtirok etganlari uchun ishdan bo'shatildi. Ko’plab kafe va restoranlar faoliyati ham to’xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga