Huawei 2
Kolumbiya tog'larida 57 million yillik ulkan toshbaqalarning qoldiqlari topildi

Kolumbiyaning And tog'larida olib borilgan qazishmalar davomida sayyorada dinozavrlardan keyin yashagan qadimgi toshbaqalarning qoldiqlari topildi. Olimlarning fikricha, qoldiqlar yo'qolgan Puentemys mushaisaensis turiga tegishli, uning vakillarining tana uzunligi bir yarim metrga yetgan.  

Ilgari toshbaqa qoldiqlari And mintaqasida, tog'lardan yuzlab kilometr uzoqlikda - Karib dengiziga yaqin bo'lgan hududlardan topilgan. Bunday odatiy manzillardan 500 kilometr uzoqlikda topilgan artefaktlar tadqiqotchilarga Shimoliy Amerikaning paleotsen va eotsen davrlaridagi landshaftlari haqida yangi ma'lumotlarni beradi - o'sha paytda And mintaqasi bir-biriga bog'langan ko'llar tizimiga ega past tog' tizmasi edi. 

Kolumbiya va AQSH paleontologlari jamoasi tomonidan olib borilgan tadqiqot Publicación Electrónica de la Asociación Paleontológica Argentina ilmiy jurnalida chop etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga