Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 22 fevralga o‘tar kechasi Lvovda sodir bo‘lgan portlashlar ortida Rossiya turganini aytdi.
"Ushbu terakt tafsilotlari hozirda to‘liq tahlil qilinmoqda. Ko‘plab faktlar allaqachon mavjud. Ijrochilar Telegram orqali jalb qilingan. Teraktni Rossiya uyushtirgan. Tafsilotlar masʼullar tomonidan jamoatchilikka taqdim etiladi," — deb yozdi Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida.
Lvov markazidagi portlash yakshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Politsiyachilar “Magnus” savdo markaziga chaqiruv bo‘yicha yetib kelganida portlovchi qurilmalar ishga tushdi. Oqibatda politsiya xodimi halok bo‘ldi, yana 25 kishi yaralandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22315 | Инструменты