Huawei 2
Malavi vitse-prezidenti samolyot halokatida vafot etdi

Malavi vitse-prezidenti Saulos Klaus Chilima va yo‘qolgan samolyotning boshqa yo‘lovchilari halokatdan omon qolmadi, deb xabar bermoqda Malavining MBC Digital nashri mamlakat prezidenti Lazarus Chakveraga tayanib.

Avvalroq, Agence France-Presse Malavi vitse-prezidenti joylashgan samolyot qoldiqlari topilgani haqida xabar bergan edi.

Nashrning ijtimoiy tarmoqlarda qayd etishicha, Chilima va yana to‘qqiz nafar yo‘lovchi samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan.

“Samolyotdagi barcha yo‘lovchilar zarbadan halok bo‘lishdi”, — deya prezident so‘zlarini keltiradi nashr.

Eslatib o'tamiz, Malavi vitse-prezidenti bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan edik. OAV maʼlumotlariga koʻra, aeroportdagi muvaffaqiyatsiz qoʻnish urinishidan soʻng favqulodda qoʻnish sodir boʻlgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga