Malavi vitse-prezidenti va to‘qqiz yo‘lovchi bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi
Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda BBC idora bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
Ularning taʼkidlashicha, Malavi mudofaa kuchlari samolyoti 10-iyun, dushanba kuni ertalab poytaxt Lilongvedan havoga koʻtarilganidan soʻng radarlardan yoʻqolib qolgan. Prezident Lazarus Chakvera quruqlikdagi ekipajlar samolyot bilan bog‘lana olmaganidan keyin qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o‘tkazishni buyurdi. Malavi vitse-prezidenti bo‘lgan samolyot mamlakat shimolidagi Mzuzu xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak edi, biroq belgilangan vaqtda qo‘nmadi.
Malavi prezidenti Lazarus Chakvera favqulodda vaziyat tufayli Bagama orollariga safarini bekor qildi.
Malavi Janubiy-Sharqiy Afrikadagi dengizga chiqmaydigan davlatdir. Mamlakatning katta qismini xuddi shu nomdagi ko'l egallaydi. Davlat Tanzaniya, Zambiya va Mozambik bilan chegaradosh.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122708 | Инструменты