Huawei 1
Manba: Abduqodir Husanov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Lalazio nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, “Yuventus” klubi ancha paytdan beri zaxirada qolayotgan 21 yoshli futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. “Manchester Siti” rahbariyati ham futbolchini ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa jamoaga vaqtinchalik berishga qarshi emas.

Turin jamoasi ayni damda himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va Husanov bu borada jamoaga foydali bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda. Transfer bo‘yicha muzokaralar doirasida har ikki klub futbolchilar almashish haqida ham o‘ylab ko‘rmoqda. “Manchester Siti” avvalroq “Yuventus” futbolchisi Andrea Kambyasoga qiziqish bildirgan, endi esa ikki tomon o‘rtasida Husanov va Kambyaso almashinuvi borasida muzokara ketmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42322 | Инструменты