Mao Szedun imzolagan banket menyusi kimoshdi savdosida 275 ming dollarga sotildi

Xitoyning sobiq raisi Mao Szedun imzolagan 1956-yildagi Xitoy-Pokiston ziyofatidan olingan menyu AQShdagi kimoshdi savdosida 275 ming dollarga sotildi. Bu haqda PR Auction auksion uyiga tayanib, Associated Press xabar berdi. 

Menyu Xitoyning boshqa ko'plab "nufuzli hukumat arboblari", jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Chjou Enlay tomonidan imzolangan, dedi auktsion uyi. Menyuda har ikki mamlakat taomlari, shuningdek, qaldirg‘och uyasi va asal qo‘ziqorinli konsomme, jigarrang sousli akula va qovurilgan Pekin o‘rdaklari mavjud. 

Ma'lumot o'rnida, 1956-yil 19-oktabrdagi ziyofat Pokiston bosh vaziri Shahid Suhravardi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga birinchi tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты