Twitter rahbari Ilon Mask o’z sahifasiga “Twitterning yangi ajoyib bosh direktori” sarlavhasi ostida stolda o’tirgan va qog’ozlar bilan ishlayotgan it suratini joylashtirdi.
"Twitterning yangi bosh direktori juda ajoyib. Boshqalardan ancha yaxshi! U raqamlarni yaxshi biladi! ", - deya izoh qoldirdi Mask suratga.
Suratdagi hujjatlarda Floki nomi yozilgan va itning panjasi muxr sifatida bosilgan.

"U bu ish uchun juda mos", - deya qo'shimcha qildi Mask.
Qayd etish joizki, ijtimoiy tarmoqning ko'plab foydalanuvchilari tadbirkorning hazilini yuqori baholagan. Jumladan, 15-fevral soat 15:00 gacha post 31 million marta ko'rilgan va 413 mingga yaqin “layk” to'plagan.
Eslatib o’tamiz, 19-dekabr kuni Ilon Mask Twitter’da so’rovnoma o’tkazdi va foydalanuvchilardan bosh direktor lavozimida qolishi yoki ketishi haqida qaror qabul qilishni so’radi. So’rovnomada qatnashganlarning 57,5 foizi uning iste’fosini yoqlagan, 42,5 foizi esa bunga qarshi chiqqan. Shundan so’ng milliarder ijtimoiy tarmoqning yangi bosh direktorini qidirayotgani haqida xabar bergan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41210 | Инструменты