Kecha, 19-dekabr kuni Twitter rahbari Ilon Maskning bosh direktorlik lavozimini tark etishi kerakmi yoki yo’qligi bo’yicha o’tkazgan so’rovnomasidagi ovoz berish ishlari yakunlandi.
E’lon qilingan natijalarga ko’ra, so’rovnamada 17,5 million foydalanuvchi qatnashgan bo’lib, ularning 57,5 foizi Maskning rahbarlik lavozimidan ketishini qo’llab-quvvatlagan.
Avvalroq, milliarder Twitterdagi sahifasida bosh direktorlik lavozimidan ketish yoki ketmaslik to’g’risidagi so’rovnomani joylashtirib, natijasi qanday bo’lishidan qat’i nazar buni bajarishini ma’lum qilgan edi.
Aytib o’tish lozimki, Twitter’ni sotib olganidan beri Ilon Mask lavozimdagi qarorlari uchun qattiq tanqid qilindi. Jumladan, so’nggi kunlarda bir qator yetakchi nashr jurnalistlarining akkauntlarini bloklash, shuningdek, ukrainalik foydalanuvchilarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga kirishni tiklash imkoniyatidan mahrum qilish qarorlari qoralandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41212 | Инструменты