Misrda masjid va maktablardan bir kilometr radiusda kalyan chekish taqiqlandi

Misr hukumati qaroriga ko‘ra, endi faqat kafelar yoki masjidlar, cherkovlar va barcha darajadagi ta’lim muassasalaridan kamida bir kilometr uzoqlikda joylashgan maxsus mo‘ljallangan muassasalarda kalyan chekish mumkin bo‘ladi. Hukumatning bu boradagi qarori 11-dekabr, yakshanba kunidan kuchga kirdi.

Misr hukumati ziyoratchilarga kalyan yoki shisha taklif qiladigan kafe va restoranlar nafaqat maxsus litsenziyaga ega bo‘lishi, balki “sajdagohlar, maktablar va ta'lim muassasalari, shuningdek, yoqilg'i quyish shoxobchalari yoki boshqa joylardan kamida 1 ming metr masofada joylashgan bo‘lishi kerak” degan sirkulyar e’lon qildi. 

Bundan tashqari, kafe egalari kalyan chekish uchun ajratish huquqiga ega bo‘lgan hududga cheklovlar joriy etilmoqda, shuningdek, mijozlar shisha buyurtma qiladigan kafelarda binolarni ventilyatsiya qilish, havoni tozalash bo‘yicha alohida talablar joriy etilmoqda. Yangi qoidalarga ko'ra, kalyan faqat ochiq joylarda tayyorlanishi, shisha chekishga xizmat qilish uchun ko'mir esa olovdan himoyalangan alohida bo'limlarda saqlanishi kerak. Shuningdek, oziq-ovqat do'konlarida va odamlar ko'p bo'lgan yopiq joylarda kalyan taklif qilish taqiqlanadi.

11-dekabrdan boshlab shisha chekish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan va ushbu qoidalarga rioya qilmagan Misr qahvaxonalari va restoranlari egalari jarimaga tortiladi, agar ular yana takrorlansa, ularning muassasalari butunlay yopilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40510 | Инструменты