Huawei 1
Moskvadagi konsert zalida terakt yuz berdi, 40 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda

Moskva viloyatidagi “Piknik” guruhining konserti bo‘lib o‘tayotgan Crocus City Hall konsert zalida nomaʼlum shaxslar o‘t ochdi. Binoda portlash sodir bo‘lgan va yong‘in boshlangan. Qurbonlar soni 40 dan oshgani aytilmoqda.

 Rossiya ommaviy axborot vositalari 100 kishi jarohatlanganini yozmoqda. Moskva meri Sergey Sobyanin halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va sodir bo‘lgan voqeani dahshatli fojia deb atagan.

Voqea joyiga maxsus tezkor javob qilish otryadi va OMON, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan. Yonayotgan binoning yerto‘lasidan 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Crocus City Hall’da yuz bergan voqeani qonli terakt deb atagan. AQSH Moskvadagi otishma munosabati bilan hamdardlik bildirgan. 

Crocus City Hall’ga hujum qilgan odamlar haqida deyarli hech narsa ma’lum emas. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda besh kishi otishma uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Ular konsert zalining foyesida tashrif buyuruvchilarni otib tashlagan. Hozirda binoda yashirinishga muvaffaq bo‘lishgani aytilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga