Huawei 1
Mutaxassislar Yerda shu kunlarda kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilishini bashorat qilmoqda

Kuchli magnit bo‘roni 5-noyabr kuni bo'lishi kutilmoqda. Uning kuchi 5 ball bo‘ladi. Kayfiyatning keskin o‘zgarishi, quvvatning pasayishi, tushkunlik kuzatilishi mumkin.

"Atmosfera buzilishi" ayniqsa homilador ayollar, qariyalar va yosh bolalarga salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan — asab tizimlari geofizik hodisalarga juda sezgir bo‘lgan odamlarning ahvoli yomonlashishi ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, ekspertlarning ta’kidlashicha, hatto mutlaqo sog‘lom odamlar ham magnit bo‘ronining salbiy ta’sirini his qiladi.

"Magnit bo‘ronlari yurak-qon tomir tizimi kasalliklari — miokard infarkti, insult, gipertoniya bilan og‘rigan odamlarga qattiq ta’sir qiladi. Qon bosimi ko‘tariladi, koronar qon aylanishi yomonlashadi. Bir kun avval bo‘g‘imlarda og‘riq, yurak bezovtaligi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi, uyqu buziladi", — deydi mutaxassis.

Shifokor tavsiyalari

Shifokorlar magnit bo‘ronlari paytida ayrim qoidalarga rioya qilishni maslahat berishmoqda:

Gipertonik bemorlar ko‘proq suv ichishi va tuz iste’molini kamaytirishi kerak, chunki tuz tanadagi suyuqlikni ushlab turadi va bosimning oshishiga olib keladi.

Shuningdek, magnit bo‘ronlari paytida tinchlantiruvchi damlama qabul qilish, jismoniy faoliyatni cheklash, yetarlicha uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi.

Qonning ivishi va trombositlar faoliyatining kuchayishi qonni suyultiradigan vositalarni qabul qilishni taqozo etadi. Lekin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Ob-havo sharoitlari ta’sirini minimallashtirish uchun doimo salomatlikni yaxshilash muhimdir. Buning uchun esa: "Nafaqat dori-darmonlardan foydalaning, balki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, ish va dam olish tartibini to‘g‘ri tashkil qiling, muvozanatli ovqatlaning", — deya xulosa qildi shifokor.

Astronomlar nima deydi?

Vaqti-vaqti bilan Quyoshda va yulduzning ichki qismida chaqnashlar va zarba to‘lqinlari sodir bo‘ladi. Natijada, energiya zarralari turli yo‘nalishlarda «tarqaladi», ularning bir qismi Yer magnitosferasiga tushadi. Zarba to‘lqini magnitosfera bilan to‘qnashganda sayyora «qalqoni» tebranib, titray boshlaydi. Bunday tebranishlar magnit bo‘ronlari deb ataladi.

"Magnit bo‘ronlari sayyoraviy xususiyatga ega bo‘lib, Yer va yerga yaqin kosmik fazoga global ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘ron paytida butun yerning magnit maydoni «bezovtalanadi». Bu buzilishlar turli hodisalarga olib keladi. Yer atmosferasining barcha qatlamlari — ionosfera, plazmasfera, magnitosfera o‘zgarishlarga uchraydi. Energetik zarralar va oqimlar paydo bo‘ladi", - deydi mutaxassis

Har qanday kosmik hodisa natijasida energiya to‘lqinlari deb ataladigan tebranishlar paydo bo‘ladi. Ushbu to‘lqinlar inson organizmiga bevosita ta’sir qiladi.

"Magnit bo‘ronlari sodir bo‘lganda, Yer atmosferasi qiziydi, havo bosimi o‘zgaradi va odamlarda bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlar va boshqa kasalliklar zo‘rayadi", - deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insult, yurak xuruji va gipertonik kasalliklarning 70 foizi magnit bo‘ronlari paytida sodir bo‘ladi. Mutaxassislar, yuqoridagi ba’zi qoidalarga rioya qilish salomatlik va hatto hayotni saqlab qolishga yordam beradi, deb umid qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60612 | Инструменты