Milliy kosmik kengashning navbatdagi yig‘ilishida AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris NASA Oyga amerikalik bo‘lmagan birinchi odamni olib chiqishini ma’lum qildi. Bu nisbatan yaqin kelajakda yuz beradi, deb yozadi Space.
Qo'nish 2025-yil oxirida yoki 2026-yilda amalga oshirilishi aytildi.
Buning ortidan 2028 va 2029-yillarda Artemis 4 va Artemis 5 missiyalari amalga oshiriladi. Bu missiyalar doirasida ham astronavtlar Oyga qo'ndirdiriladi.
Milliy koinot kengashining navbatdagi yig'ilishida AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris NASA amerikalik bo'lmagan birinchi odamni Oyga qo'ndirishini ma'lum qildi. Bu nisbatan yaqin kelajakda yuz beradi.
“2020-yillar oxirigacha dunyoning boshqa davlatidan kelgan astronavt Oy yuzasiga yetkaziladi. Artemis Oy dasturining asosiy maqsadi shu o'n yillikning oxiriga qadar Oyda odamning doimiy mavjudligini ta'minlashdan iborat. Ya'ni nisbatan yaqin kelajakda Yerning tabiiy yo'ldoshida birinchi baza qurilishi kerak va Oy atrofidagi orbitada Gateway deb nomlangan kichik koinot stansiyasi paydo bo'lishi kerak. NASA Oy dasturi doirasida Yevropa koinot agentligi (EKA), Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) va Kanada koinot agentligi (CSA) bilan hamkorlik qiladi”, dedi u.
Biroq, Harris bu aniq qachon sodir bo'lishi va astronavt qaysi davlat vakili bo'lishini aytmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60611 | Инструменты